Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Qounchilikdagi_yangiliklar


Hukumat qarori (705-son, 22.11.2021-y.) bilan Adliya vazirligi yuridik texnikumi bitiruvchilarini yurisprudensiya yoʻnalishi boʻyicha oliy taʼlim muassasalariga qabul qilishga oid nizom tasdiqlandi.

 Nizomga muvofiq, hududiy adliya organlari har yili 10-iyungacha yuridik texnikum bitiruvchilariga yoʻllanma berish masalasini koʻrib chiqish uchun komissiya tuzadi.

 Bitiruvchilar yoʻllanma olish uchun komissiyaga 20-iyungacha onlayn platforma orqali murojaat qiladi.

 Arizalar 20-iyundan 30-iyunganacha quyidagi asosiy talablar boʻyicha koʻrib chiqiladi:

 har bir fan boʻyicha reytingi 71 va undan yuqori boʻlishi (sirtqi yoki masofaviy taʼlimda oʻqiganlar uchun 85 va undan yuqori);

 chet tilini B2 va undan yuqori darajada bilishini tasdiqlovchi sertifikati boʻlishi;

maʼnaviy-maʼrifiy va jamoat ishlari, loyihalar va tanlovlarda faol ishtirok etgan, shaxsiy yutuqlar mavjud boʻlishi;

 ichki tartib-qoidalarga, odob-axloq qoidalariga rioya etishi kerak;

 Yoʻllanma olganlar hujjatlarini 5-25-iyulda OTMga onlayn yuboradi.

 Yoʻllanma olganlar bilan yakka tartibdagi suhbat 10-25-avgustda oʻtkaziladi.

 Suhbatda mamlakatdagi islohotlar mohiyati, ixtisoslikni tanlashdagi motivatsiya, shaxsiy-kasbiy xususiyatlar, yuridik bilimlar aniqlanadi va baholanadi.

 Suhbat natijalari 30-avgustgacha abituriyentni oʻqishga qabul qilish uchun tegishli OTMga yuboriladi.