Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Sayyor qabulda tadbirkorlarning muammolari o'rganildi


Mamlakatimiz iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish hamda aholi farovonligini oshirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik muhim ahamiyat kasb etadi.So‘nggi yillarda bu sohani rivojlantirishga qaratilgan 2 mingga yaqin qonun, farmon va qarorlar qabul qilindi.

Albatta, bu islohotlar qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, qolaversa tadbirkorlar huquq va manfaatlarini himoya qilishda mustahkam huquqiy asosdir.
Sirdaryo viloyatida ham tadbirkorlar safi kengayib bormoqda. Tadbirkorlar bilan ochq muloqot qilish, ularning faoliyatida duch kelayotgan muammolarni o'rganish maqsadida Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari v.b. Adham Shayjigitov tomonidan Sirdaryo tumanida tadbirkorlar uchun sayyor qabul tashkil qilindi.
Sayyor qabul davomida 16 nafar tadbirkorning murojaatlari tinglandi. Murojaatlarning 6 tasi oʻrganib chiqish uchun ish yurituviga olindi, 7 ta murojaat yuzasidan huquqiy tushuntirish berildi, shuningdek 2 ta murojaat tegishliligiga koʻra boshqa tashkilotlarga yuborildi.
Xususan, A.Joʻrayev, M Axmedovalarning “Har bir oila tadbirkor” davlat dasturi asosida kredit olish, J.Bektemirov, Sh. Abdurashidovalarning yer ajratish tartibi yuzasidan qilgan murojaatlariga huquqiy tushuntirish berildi.

Shuningdek, tadbir davomida soliq qonunchiligidagi imtiyozlar, tender oʻtkazish talablari toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targʻibot va maʼrifat boʻlimi