Янгиликлар
Adliya aralashuvi bilan tadbirkor foydasiga 91 577 496 soʻm miqdoridagi qarzdorlik undiriladigan bo'ldi
Sirdaryo viloyati “Ta'mirlash-tiklash xizmati” DUK Sirdaryo tuman filiali hamda “B-K BUILDING HOME” MCHJ oʻrtasida 2019-yil 26-sentyabrda 18/19-sonli subpudrat shartnomalari tuzilib, unga koʻra, shartnomada taraflar bajarilgan ishlarini topshirish-qabul qilish toʻgʻrisidagi dalolatnoma imzolagandan soʻng, bosh pubratchi tomonidan 10 kunlik muddatda subpudratchining ushbu shartnomada koʻrsatilgan hisob raqamiga pulni toʻliq koʻchirish yoʻli bilan amalga oshirilishi belgilangan.
MCHJ tomonidan shartnomaga asosan 192 701 848 soʻmlik taʼmirlash ishlari bajarilgan boʻlsada, Sirdaryo viloyati “Taʼmirlash-tiklash xizmati” DUK Sirdaryo tuman filiali tomonidan bajarilgan ishlar uchun 101 124 352 soʻm mablagʻ toʻlab berilgan xolos, qolgan 91 577 496 soʻm qarzdorlikni undirishda esa tadbirkor adliya koʻmagiga tayandi.
Mazkur murojaat o'rganilganda “Ta'mirlash-tiklash xizmati” DUK Sirdaryo tuman filiali tomonidan hisob-kitob va toʻlovlar toʻliq amalga oshirilmaganlik holati 2020-yil 20-yanvar holatiga tuzilgan solishtirma dalolatnomada ham o'z tasdig'ini topdi.
“B-K BUILDING HOME” MCHJ tomonidan bir necha bor qarzdorlikni qoplash toʻgʻrisida murojaat qilinishiga qaramasdan, qarzdorlik toʻlab berilmadi.
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisidagi Qonunning 7-moddasida shartnoma taraflari tuzilgan xoʻjalik shartnomalari boʻyicha zimmalariga olgan majburiyatlarni oʻz vaqtida va tegishli tartibda bajarishlari shart ekanligi koʻrsatilgan.
Albatta, har bir murojaatning kaliti, huquqiy yechimi bor.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Oqoltin tuman adliya boʻlimi tomonidan “B-K BUILDING HOME” MCHJ manfatida Guliston tumanlararo iqtisodiy sudiga daʼvo arizasi kiritildi. Natijada sud qarori bilan “Sirdaryo viloyat ta'mirlash-tiklash xizmati” DUK Sirdaryo tuman filiali hisobidan “B-K BUILDING HOME” MCHJ foydasiga 91 577 496 soʻm miqdoridagi qarzdorlik undirib berilishi belgilandi.
Adliya koʻmagi bilan tadbirkorning huquq va manfaatlari himoya qilindi.
Hokimbek Erkaboyev,
Oqoltin tuman adliya bo'limi boshlig'i