Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Muqaddasdir vatan bayrog‘i!


Barcha davlat ramzlari qatori bayroq muqaddas ramz sifatida hamisha e’tirof etiladi. Bayrog’imizda xalqimizning buyuk davlat qurish g‘oyasi, uning salohiyati, irodasi, ulkan milliy kuchi, milliy va madaniy o‘ziga xosligi hamda umuminsoniy qadriyatlarga sodiqligi aks etgan.

18-noyabr O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun. Sana munosabati bilan Sirdaryo viloyat yuridik texnikumida tashkil etilgan “Muqaddasdir vatan bayrog‘i!” shiori ostidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’quvchi yoshlarni davlat ramzlariga hurmat , vatanga sadoqat ruhida tarbilash maqsadiga qaratildi. Tadbirni texnikum direktori Xolbek Jalolov kirish so’zi bilan ochdi.

Ta’kidlanganidek, 1991-yildan buyon davlat bayrog‘i qabul qilingan kun alohida bayram sifatida nishonlanishi mustaqillik ramzlariga chuqur hurmat va ehtiromning yorqin namunasidir.
Shuningdek tadbirda Adliya boshqarmasi Huquqiy targ’ibot va ma’rifat bo’limi boshlig’i Dilnoz Umurzoqova so’zga chiqib, O‘zbekiston bayrog‘i dunyoning barcha burchaklarida mag’rur hilpirab, respublikamizning nufuzini xalqaro maydonda namoyish etayotganini faxr bilan tilga oldi. Istiqlol ramzlarini bilish, qadrlash va hurmat qilish har bir O‘zbekiston fuqarosining burchi ekanligini alohida ta’kidladi.
Tadbir davomida videoroliklar tanlovi o’tkazildi. O’quvchilarning o’ziga xos ijodiy yondashuvi, davlatimiz ramzlari to’g’risidagi bilim va tushunchalari ushbu videorolikarda o’z ifodasini topdi.
Ayniqsa, o’quvchilar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar, davlat ramzlari, Ona vatanni madh etuvchi she’r va qo’shiqlar ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
Tadbirda faol ishtirok etgan o’quvchilar faxriy yorliq va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.

Mazkur tadbir tafsilotlari FM 90,6 to‘lqinida “Sirdayo yoshlari” radiokanalining “Xabarlar” informatsion dasturi orqali jonli efirda yoritildi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ’ibot va ma’rifat bo’limi