Янгиликлар
17
Bayrog'im_g'ururim
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan Adliya boshqarmasi tashabbusi bilan Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida “Bayrogʻim-gʻururim” mavzusida targʻibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda adliya boshqarmasi yetakchi maslahatchisi X. Sulaymanbekova, Guliston shahar yuridik yuridik xizmat koʻrsatish markazi bosh yuriskonsulti F.Muxammadiyevalar ma'ruza bilan ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi toʻrisida”gi qonun mazmun-mohiyati, bayroqning davlatchiligimiz tarixida ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy-maʼrifiy ahamiyati xususida alohida toʻxtalib oʻtildi.
Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga davlat ramzlari toʻgʻrisida qonun hujjatlarini buzish, davlat ramzlariga nisbatan hurmatsiz munosabatda boʻlganlik uchun javobgarlik belgilanganligi toʻgʻrisida maʼlumot berildi.
Halima Xudoyberdiyeva qalamiga mansub sheʼrlarning oʻquvchilar tomonidan mahorat bilan madh etilishi davraga yanada fayz bagʻishladi.
Oʻtkazilgan targʻibot tadbirining samaradorligini aniqlash maqsadida ishtirokchilarning davlat ramzlariga oid huquqiy bilimlari test savollari orqali sinovdan oʻtkazildi.
Test savollariga toʻgʻri javob topib yuqori natijani qoʻlga kiritgan ishtirokchilarga Adliya boshqarmasining esdalik sovgʻalari topshirildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targʻibot va maʼrifat boʻlimi