Янгиликлар
Qanday yer uchastkalari xususiylashtirilmaydi?
Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 15-noyabrdagi “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasiga asosan quyidagi yer uchastkalari xususiylashtirilmaydi:
- foydali qazilma konlari, qonunchilikka muvofiq xususiylashtirilmaydigan davlat mulki obyektlari joylashgan yer uchastkalari;
- tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya maqsadlari va tarixiy-madaniy maqsadlar uchun moʻljallangan yerlar tarkibiga kiruvchi yer uchastkalari, shuningdek oʻrmon hamda suv fondlarining, muhandislik va transport infratuzilmasi obyektlarining muhofaza zonalari, shaharlar va shaharchalarning umumiy foydalanishdagi yerlari (maydonlar, koʻchalar, tor koʻchalar, yoʻllar, sohil boʻylari, skverlar, xiyobonlar, istirohat bogʻlari);
- xavfli moddalar bilan zararlangan va biogen zaharlanishga duchor boʻlgan yer uchastkalari;
- qonunchilikda belgilangan tartibda maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga taqdim etilgan yer uchastkalari – maxsus iqtisodiy zona faoliyat koʻrsatadigan davrda;
- koʻp kvartirali uylar joylashgan, shuningdek koʻp kvartirali uylarga tutash yer uchastkalari;
davlat-xususiy sheriklik loyihalarini, ijtimoiy sheriklik toʻgʻrisidagi kelishuvlar va shartnomalarni amalga oshirish uchun berilgan, shuningdek yuridik shaxslarga davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun berilgan yer uchastkalari.
Yer uchastkalarini xususiylashtirishda fuqarolik qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda oʻzganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish (servitut) huquqi belgilanishi mumkin.
Hamid Axmedov ,
Guliston tuman yuridik xizmat koʻrsatish markazi bosh yuriskonsulti