Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Adliya aralashgach...


Sirdaryo tuman adliya bo’limiga “TECH SYSTEM STAR” nodavlat ta’lim muassasasi rahbari U.A.Bobobekov Sirdaryo yoʻllardan muntazam foydalanish unitar korxonasidan norozi boʻlib ariza bilan murojaat qildi.

Bayon qilinishicha, Sirdaryo yoʻllardan muntazam foydalanish unitar korxonasi va “TECH SYSTEM STAR” nodavlat ta’lim muassasasi o’rtasida 2021 yilning 21 yanvar kuni 7-sonli shartnoma tuzilgan. Shartnomaga koʻra, “TECH SYSTEM STAR” nodavlat ta’lim muassasasi Sirdaryo yoʻllardan muntazam foydalanish unitar korxonasining 50 nafar xodimlarini tasdiqlangan dastur asosida mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi boʻyicha oʻqitish majburiyatini olgan. Shunigdek, shartnoma tuzilgan vaqtdan boshlab, Sirdaryo yoʻllardan muntazam foydalanish unitar korxonasiga “TECH SYSTEM STAR” nodavlat ta’lim muassasasining hisob-raqamiga shartnoma summasi (15 000 000 soʻm)ning 100 % ni oʻtkazib berish majburiyati yuklangan.

“TECH SYSTEM STAR” nodavlat ta’lim muassasasi tomonidan shartnoma shartlari bajarilib, yaʼni Sirdaryo yoʻllardan muntazam foydalanish unitar korxonasining 50 nafar xodimlari 2021-yil 6-fevral kunidan 1-martga qadar tasdiqlangan dastur asosida mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi boʻyicha oʻqitilgan boʻlsada, Sirdaryo yoʻllardan muntazam foydalanish unitar korxonasi tomonidan shartnoma shartlari bajarilmay, 11 000 000 soʻm mablag' to'lab berilmagan.

“TECH SYSTEM STAR” nodavlat ta’lim muassasasi tomonidan bir necha bor qarzdorlikni to'lash yuzasidan murojaat qilinishiga qaramasdan, Sirdaryo yoʻllardan muntazam foydalanish unitar korxonasi tomonidan qarzdorlik to'lab berilmagan.

Mazkur murojaat adliya bo'limi tomonidan vakolat doirasida oʻrganildi.

Oʻrganish davomida aniqlangan ushbu qonunbuzilish holati yuzasidan ta’lim muassasasi manfaatida Sirdaryo tumanlararo iqtisodiy sudiga da’vo arizasi kiritildi. Adliya aralashuvi bilan adolat qaror topdi, sudning qarori bilan tadbirkor foydasiga 11 100 000 so’m undirish belgilandi.

 

S.Hamroyev,

Sirdaryo tuman adliya bo’limi bosh maslahatchisi