Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

“Bayrog‘im - g‘ururim, faxrim” mavzusida targ'ibot tadbiri o‘tkazildi


Mamlakat va jamiyat taraqqiyoti hamda uning barqarorligida davlat ramzlarining alohida oʼrni bor. Shu maʼnoda, milliy bayrogʼimiz davlat va jamiyat hayoti, uning jahon hamjamiyatidagi oʼrni hamda rolini koʼrsatishda muhim ahamiyatga ega boʼlib, har birimiz uchun iftixor timsoli hisoblanadi.
Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi va Guliston shahar yuridik xizmat ko'rsatish markazi xodimlari bilan hamkorlikda shahar tibbiyot birlashmasida O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan “Bayrog‘im - g‘ururim, faxrim” mavzusida targ'ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida davlat bayrog‘ining yaratilish tarixi, davlat ramzlaridan biri sifatidagi ahamiyati tog'risida fikr-mulohazalar yuritilib, “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida”gi Qonun mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi