Янгиликлар
Adliya xodimlari yashil tabiat rivojiga munosib hissa qoʻshmoqdalar
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish masalasi alohida koʻrib chiqilib, ushbu loyiha doirasida yiliga 200 million tup daraxt va buta koʻchatlarini ekish, shu orqali shaharlardagi yashil maydonlarni hozirgi 8 foizdan 30 foizga oshirish rejalashtirilgan edi. Bu xayrli tashabbusni amalga oshirish uchun koʻchat ekish boʻyicha “Zarbdor 40 kunlik” eʼlon qilindi. “Yashil makon” loyihasi chinakamiga umummilliy harakatga aylandi.
Yurtimiz boʻylab eʼlon qilingan daraxt ekish, koʻkalamzorlashtirishga qaratilgan “Dolzarb 40 kunlik”da boshqarma, tuman (shahar) adliya boʻlimlari, Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari xodimlari ham faol ishtirok etmoqdalar. Xayrli aksiya doirasida Adliya boshqarmasi, tuman (shahar) adliya bo'limlari hamda yuridik xizmat ko'rsatish markazlari binolari hududidiga, "Yangi hayot" mahallasi va boshqa hududlarga jami 400 tupdan ortiq mevali va manzarali daraxt ko'chatlari ekildi.
Aytish mumkinki, bugun ekilgan bir dona nihol erta katta daraxtga aylanadi, uning soyasi-yu mevasidan katta-yu kichik birdek bahramand boʻladi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targʻibot va maʼrifat boʻlimi