Янгиликлар
Yashil_makon
Koʻchat ekish, bogʻ yaratish xalqimizga xos ezgu qadriyatlardan sanaladi.
"Yashil makon" umumilliy loyihasi xalqimizga xos ezgu anʼana – koʻchat ekib, bogʻ yaratishdek savobli ishlarni yanada jonlantirib yubordi.
Ezgulikka yoʻgʻrilgan ushbu tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad shahar-u-qishloqlarni koʻkalamzorlashtirish, yashil hududlar maydonini kengaytirish, aholi, xususan, yoshlarni atrof-muhit barqarorligini taʼminlashda faolligi va masʼuliyatini yanada oshirish, mahallalar hududlarini, aholi turar-joylari atrofini bundan-da koʻrkam koʻrinishga keltirishdan iborat.
Ushbu xayrli tashabbus Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi, tuman (shahar) adliya boʻlimlari, yuridik xizmat koʻrsatish markazlari tomonidan ham toʻla qoʻllab-quvvatlandi. Huquqshunoslar yashil tabiat rivojiga munosib hissa qoʻshmoqdalar.
Obodlik koʻngildan boshlanadi, deganlaridek, tozalash, obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish ishlari boshqarma hududidan boshlandi. Adliya boshqarmasi hovlisi va tevaragiga 6 turdagi 60 tup mevali va manzarali daraxt koʻchatlari ekildi.
"Yashil makon" umumilliy loyihasi doirasida olib borilgan obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish ishlari barchaning qalbiga oʻzgacha ruh, xush kayfiyat ulashdi, ehg muhimi jamoani jipslashtirdi, birdamlikka chorladi.
“Dolzarb qirq kunlik” doirasida ko'chat ekish ishlari davom etmoqda.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi