Янгиликлар
16
Yashil_makon
Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan xayrli tashabbus - “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ezgu harakatlar Sirdaryo viloyatida davom etmoqda.
Ushbu loyihada Sirdaryo tuman adliya boʻlimi xodimlari ham faol ishtirok etishmoqda.
- Boʻlim binosi hududini obodonlashtirib, unish va koʻkarish darajasi yuqori boʻlgan mevali va manzarali daraxt koʻchatlarini oʻtqazdik. Yerga qadagan nihollarimiz koʻkka boʻy choʻzib, sersoya va serhosil daraxtga aylanadi. Bugun ularni parvarishlash har birimiz uchun ham farz, ham qarzdir, - deydi Sirdaryo tuman adliya boʻlimi boshligʻi Kamoliddin Ernazarov.