Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Sirdaryo tuman yuridik xizmat koʻrsatish markazi tomonidan huquqiy targʻibot tadbiri o'tkazildi


Sirdaryo viloyatida 11 ta tuman (shahar)larda 41 ta shtat birligida yuridik xizmat koʻrsatish markazlari tashkil qilindi. Aytish joizki, bugungi kunda viloyatda yuridik xizmat koʻrsatish sifat jihatdan yangi bosqichga koʻtarildi. Tashkilotlar bilan hujjatlar almashinuvi - “E-huquqshunos” elektron tizimidan foydalangan holda amalga oshirilib, faoliyatda qonuniylik taʼminlanmoqda. Davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish Markazlar asosiy faoliyat yoʻnalishlaridan biridir.

Ana shu maʼnoda Sirdaryo tuman yuridik xizmat koʻrsatish markazi tomonidan joylarda huquqiy targʻibot tadbirlari tashkil etilmoqda. 

Tuman xalq taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi umutaʼlim maktablarining masʼul xodimlari uchun tashkil etilgan seminar dastlab qonunchilikdagi yangiliklar bilan tanishtirishdan boshlandi. 

Seminar davomida taʼlim sohasiga doir yangi qabul qilingan bir qator normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati tushuntirildi. 

Shundan soʻng, yuridik xizmat koʻrsatish markazlari faoliyatining asosiy yoʻnalishlari, “E-huquqshunos” elektron tizimidan foydalanish tartibi, mazkur tizim imkoniyatlari toʻgʻrisida keng maʼlumotlar berilib, E-huquqshunos” elektron tizimini chetlab oʻtgan holda qabul qilingan buyruq va shartnomalar yuridik kuchga ega boʻlmasligi, hamda ular hech qanday huquqiy oqibat keltirib chiqarmasligi yuzasidan batafsil tushunchalar berildi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targʻibot va maʼrifat boʻlimi