Янгиликлар
12
Yashil_makon
Ma’lumki, mamlakatimiz bo‘ylab 2 noyabrdan 10 dekabrga qadar daraxt ekish bo‘yicha "Zarbdor 40 kunlik" eʼlon qilingan edi. Shunga ko‘ra, Sirdaryo viloyatida «Yashil makon» loyihasi doirasida keng ko‘lamli ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt ekish aksiyasida Mirzaobod tuman adliya boʻlimi hamda tuman yuridik xizmat koʻrsatish markazi xodimlari ham faol ishtirok etmoqdalar. Shu kuni tuman adliya bo’limi tevaragida tozalash, obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. 30 tup mevali va manzarali daraxt ko’chatlari ekildi.