Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Bugun tavallud kun: Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi bo'lim boshlig'i Qobiljon Ahmadjonov 60 yoshni qarshiladi


Inson oʻz umri dovonining maʼlum bir bosqichiga yetganida, albatta ortiga qarab, butun umri davomida koʻrgan-kechirganlari, yutuqlari-yu, kamchiliklarini sarhisob qiladi. Bu inson huquqshunos boʻlsa, jamiyatda qonun ustuvorligini taʼminlash, inson huquq va manfaatlarini himoya qilish borasidagi faoliyati, insonparvarlik kabi fazilatlari bilan qadrlidir.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Nodavlat notijorat tashkilotlar boʻlimi boshligʻi, huquqshunos Qobiljon Ahmadjonov bugun 60 yoshni qarshiladi. Yuqorida taʼkidlaganimiz, Qobiljon aka ham tizimdagi samarali faoliyati, ijobiy xislatlari, oʻzgalarga oʻxshamagan taraflari bilan jamoada oʻz oʻrniga ega boʻldi, mehr-eʼtibor qozondi.

Yubiley munosabati bilan tashkil qilingan tadbirda Qobiljon Ahmadjonovga samimiy tilaklar bildirildi, ezgu niyatlar izhor qilindi.
Qobiljon akani ishchan, tashabbuskor, fidoyi xodim sifatida bilamiz, hurmat qilamiz. U kishining bilimi, kasbga sadoqati, faolligi yoshlarga namuna boʻla oladi, - deydi Adliya boshqarmasi boshligʻi Jamshidxon Nuritdinov.
Darhaqiqat, huquqshunoslik oson kasb emas, uning oʻziga yarasha qiyinchiliklari, mashaqqatlari, masʼuliyati bor. huquqshunosning oqilona qabul qilgan qaroriga ham bogʻliq boʻladi. Qobiljon Ahmadjonov odamlar taqdiri, hayoti, kelajagi uchun hamisha masʼullikni his qilib turadi.
Qobiljon Ahmadjonovich 1988-yilda Toshkent davlat universitetini tamomlab, huquqshunoslik maʼlumotiga ega boʻldi. Qobiljon aka ishni oddiy kasbdan boshlagan, hayotni oʻrgangan. Sirdaryo viloyati ulgurji bazasi ishchisi boʻlib ishlaganidayoq hayot haqiqatlariga tushunib yetishga harakat qildi. 1980-1982-yillardagi armiya xizmati uni yanada jismonan pishitdi, tobladi.
Universitetni bitirib kelgan yosh mutaxassis ishni Boyovut tuman xalq sudida devonxona mudiri lavozimida boshladi. Soʻngra uni Yangiyer shahar sudi sud majlisi kotibligiga oʻtkazishdi. 1990-yilda esa Yangiyer shahar sudi sud ijrochisi boʻldi.

Qobiljon Ahmadjonov 1992-1993-yilda Xovos transport prokuraturasida ish oʻrganuvchi boʻldi. Keyinchalik Xovos transport prokurori yordamchisi, katta yordamchisi lavozimlarida ham faoliyat yuritdi.
Halol mehnat, izlanish, kasb fidoyiligi koʻrinmay qolmas ekan. Qobiljon Ahmadjonov 1999-yilda Samarqand transport prokurori lavozimiga loyiq koʻrildi. Bu vazifada 5 yil samarali mehnat qildi. Keyingi besh yil esa u Qarshi transport prokurori lavozimida faoliyat yuritdi.

Qobiljon Ahmadjonov 2011-yildan Sirdaryo viloyat Adliya boshqarmasida Shartnomaviy-huquqiy ishlarni nazorat qilish boʻlimi bosh maslahatchisi boʻlib ish boshladi.
Izlanuvchan huquqshunos Qobiljon Ahmadjonov bugungi kunda Sirdaryo viloyat Adliya boshqarmasi Nodavlat-notijorat tashkilotlar boʻlimi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

Qobiljon aka hayotni sevadi, qadrlaydi. Shuning uchun ishlab charchamaydi, qalbida yangi-yangi orzular bisyor.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi jamoasi Qobiljon Azimjonovich Ahmadjonovni qutlugʻ ayyom – tavallud kunining 60 yilligi bilan samimiy muborakbod etib, uzoq va mazmunli umr, mustahkam sogʻliq, oilaviy baxt, barcha ezgu orzu-niyatlar roʻyobini tilaydi.



Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi