Янгиликлар
SO'RAGAN EDINGIZ...
SAVOL: Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati faqat Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi Prezidentini qoʻriqlaydimi, shu haqda maʼlumot bersangiz?
Guli Umirova, Mirzaobod tumani
JAVOB: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati tomonidan qoʻriqlanadigan shaxslar quyidagilardan iborat:
1) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi natijalari Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti va uning oila aʼzolari;
2) Oʻzbekiston Respublikasining sobiq Prezidenti va uning butun hayoti davrida oila aʼzolari;
3) yangi saylangan Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti lavozimiga kirishguniga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti vazifalarini va vakolatlarini bajaruvchi shaxs;
4) Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati va chet davlatlarning tegishli vakolatli davlat organlari oʻrtasidagi bitimlarga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan vaqtida chet davlatlarning, hukumatlarning, parlamentlarning, xalqaro tashkilotlarning rahbarlari, chet davlatlarning boshqa siyosiy va jamoat arboblari, shuningdek ularga hamrohlik qilayotgan oila aʼzolari;
5) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga muvofiq qoʻriqlanishi lozim boʻlgan boshqa shaxslar.
Savolga Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi etakchi maslahatchisi Hilola Sulaymanbekova javob berdi.