Янгиликлар
Sayyor qabullar xalqni rozi qilishdek ezgu maqsadlar uchun xizmat qilmoqda
Bugun mamlakatimizda kechayotgan demokratik yangilanishlar natijasida sayyor qabullar orqali xalq bilan ochiq muloqot qilish yoʻlga qoʻyildiki, bu aholi murojaatlari bilan ishlash, dardini eshitish, fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarga huquqiy yechim topish imkonini bermoqda.
Shirin shahrida istiqomat qilayotgan fuqaro V.Shkurenkoning muammosi ham sayyor qabulda maʻlum qilingan edi.
Shirin shahar M.Ulugʻbek mahallasi 3-daha 7-uy 2-xonadonda yashovchi fuqaro V.Shkurenko birinchi guruh nogironi. U bir necha yillardan buyon surunkali kasallikdan aziyat chekadi, ammo oladigan nafaqasi dori-darmon sotib olishga yetmaydi.
Shirin shahar adliya boʻlimi tomonidan tashkil etilgan sayyor qabulda V.Shkurenko moddiy yordam ajratilishi masalasida amaliy yordam soʻrab murojaat qilgan edi.
Mazkur murojaat alohida nazoratga olinib, Shirin shahar adliya boʻlimi, mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi va “M.Ulugʻbek” mahallasi masʼul xodimlari tomonidan V.Shkurenkoning yashash sharoiti oʻrganildi.
Oʻrganish davomida toʻplangan hujjatlar asosida V.Shkurenkoga moddiy yordam ajratish masalasi Xalq deputatlari Shirin shahar kengashining sessiya muhokamasiga qoʻyildi.
Shirin shahar adliya boʻlimining saʼy-harakatlari bilan “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom talablariga asosan Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashining qarori bilan V.Shkurenkoga 3.000.000 soʻm miqdorda bir martalik xayriya mablagʻi ajratilishi belgilandi.
Ha, sayyor qabullar mana shunday amaliy natijalar bilan xalqni rozi qilishdek ezgu maqsadlar uchun xizmat qilmoqda.
Ikrom Xakimov,
Shirin shahar adliya boʻlimi boshligʻi v.b.