Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

Shartnoma shartlari buzildi, holatga adliya aralashdi


“Maximal biznes Js” masʼuliyati cheklangan jamiyati hamda Yangiyer shahar hokimligi pudrat shartnomasi asosida huquqiy munosabatga kirishgan edi.

Shartnomaga muvofiq shahar hokimligi buyurtmasi bilan “Maximal biznes JS” masʼuliyati cheklangan jamiyati Yangiyer shahrida joylashgan bir qancha mahalla hududlarida umumiy qiymati 138 742 000 soʻm boʻlgan videokuzatuv moslamalarini oʻrnatib bergan.

Pudratchi tomonidan bir necha bor murojaat qilinishiga qaramay hokimlik tomonidan shartnomada belgilangan majburiyatlar bajarilmadi.

Shundan soʻng “Maximal biznes JS” MCHJ rahbari qarzdorlikni undirishda amaliy yordam soʻrab Oqoltin tuman adliya boʻlimiga murojaat qildi.

Mazkur murojaat boʻlim tomonidan oʻrganib chiqilganda murojaatchining shikoyati asosli ekanligi maʼlum boʻldi.

“Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi qonunning 7-moddasida shartnoma taraflari tuzilgan xoʻjalik shartnomalari boʻyicha zimmalariga olgan majburiyatlarni oʻz vaqtida va tegishli tartibda bajarishlari shart ekanligi koʻrsatilgan.

Shuningdek, Fuqarolik kodeksining 237-moddasida “Majburiyatni bajarishdan bir tomonlama bosh tortish va shartnoma shartlarini bir tomonlama oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi, qonun hujjatlarida yoki shartnomada nazarda tutilgan hollar bundan mustasno” deb belgilangan.

Yuqoridagilarga koʻra, Oqoltin tuman adliya boʻlimi tomonidan “Maximal biznes JS” MCHJ manfaatida Oqoltin tumanlararo iqtisodiy sudiga daʼvo ariza kiritildi.

Natijada daʼvo ariza toʻliq qanoatlantirilib, Oqoltin tumanlararo iqtisodiy sudining hal qiluv qarori bilan Yangiyer shahar hokimligidan “Maximal biznes JS” MCHJ foydasiga 138 742 000 soʻm miqdorda qarzdorlik undirilishi belgilandi.


Hokim Erkabayev,

Oqoltin tuman adliya boʻlimi boshligʻi