Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

Teatrga tushishni odatga aylantiramiz


Sirdaryo viloyat musiqali drama teatri jamoasi eng sara spektakllar namoyishi bilan tomoshabinlarni xushnud etib kelmoqda.
Mahoratli rejissyor Mansur Xoliqov sahnalashtirgan “Inson oʻzing” tragikomediyasi allaqochon oʻz muxlislariga ega boʻlgan. 
Spektaklning bu galgi namoyishida Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi jamoasi ham tomoshabin sifatida ishtirok etdilar.

Jonli ijro, qiziqarli jarayonlar, mavzuga mos dekoratsiya, eng muhimi mahoratli aktyorlarning ijrosi barchaga manzur boʻldi.  
Televizor, ijtimoiy tarmoqlar orqali kino va spektakllarni koʻrib turaman. Lekin teatrda, jonli holda spektakl koʻrish insonga boshqacha zavq bagʻishlaydi, - deydi Adliya boshqarmasi boʻlim boshligʻi Qobiljon Ahmadjonov. - Jamoaviy, qolaversa oilaviy teatrga tushishni odatga aylantiramiz. 
Darhaqiqat, inson maʼnaviy olamini yuksaltirishda, ong va tafakkurini teranlashtirishda teatr sanʼatining oʻrni beqiyos. Zero, sanʼat odamlarni ezgulikka chorlaydi, yaxshilikka undaydi, eng goʻzal his-tuygʻularni inʼom etadi. Teatr shunchaki oddiy tomoshaxona emas, balki maʼrifatparvar adib Mahmudxoʻja Behbudiy takidlaganidek, ibratxonadir.



Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi