Янгиликлар
Guliston shahar yuridik xizmat ko'rsatish markazi tomonidan targ'ibot tadbiri o'tkazildi
Sirdaryo davlat o'rmon xo'jaligida huquqiy targ'ibot tadbiri o'tkazildi. Tadbirda dastlab yangi qabul qilingan bir qator qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati to'g'risida ma'lumotlar berildi.
Shundan so'ng individual tarzda kadrlar boʼyicha masʼul xodim va hisobchi xodimlarga “E-HUQUQSHUNOS” elektron dasturida hujjatlarni yaratish va ularni markazga yuborish jarayoni oʼrgatildi.
Bundan tashqari, xoʼjalik shartnomasi tushunchasi va ushbu shartnomalarni tuzish, bajarish, oʼzgartirish va bekor qilishda yuzaga keladigan munosabatlar Oʼzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi va boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinishi, shuningdek, shartnomalar va ularga qoʼshimcha kelishuvlarni tuzishda 1998 yil 29 avgustdagi “Xoʼjalik yurituvchi subʼektlar faoliyatininig shartnomaviy-huquqiy bazasi toʼgʼrisida"gi 670-I- sonli Qonunning mazmun-mohiyati hamda ushbu Qonunning umumiy qoidalariga qat'iyan rioya qilinishi batafsil tushuntirildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi