Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Sayyor qabul samarasi


Shirin shahar adliya boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan sayyor qabulda “A.Temur” mahallasida yashovchi fuqaro N.Yorboyeva kam taʼminlanganlarga moddiy yordam tayinlashda amaliy yordam soʻrab murojaat qildi.

Mazkur murojaat adliya boʻlimining ish yurituviga olinib zarur hujjatlar toʻplandi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 12-fevral kuni N.Yorboyeva moddiy yordam tayinlashda amaliy yordam soʻrab byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi Shirin shahar boʻlimiga murojaat qilgan.

Biroq, “Yagona reestr” AT dasturi tomonidan murojaatchining mehnatga layoqatli aʼzosi mavjud deb hisoblanib moddiy yordam tayinlash rad etilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kam taʼminlangan oilalarni “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali aniqlash hamda ularga ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi qarorda ijtimoiy nafaqa yoki moddiy yordam tayinlashning rad etish asoslari bayon etilgan.

Mazkur qarorga muvofiq N.Yorboyevaga moddiy yordam nafaqasini tayinlash uchun barcha asoslar mavjudligi aniqlandi.

Natijada, murojaatchining muammosi ijobiy hal boʻlib, N.Yorboyeva “Yagona reestr” AT dasturiga kiritildi hamda byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi Shirin shahar boʻlimi tomonidan moddiy yordam toʻlanishi belgilandi.


Bekzod Gaybullayev,

Shirin shahar adliya boʻlimi bosh maslahatchisi