Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

"Vatan taqdiri – mening taqdirimda" shiori ostida tadbir tashkil qilindi


Sirdaryo viloyati Baxt shahridagi Respublika o‘g‘il bolalar o‘quv-tarbiya muassasasida taxsil olayotgan yoshlar uchun "Vatan taqdiri – mening taqdirimda" shiori ostida tadbir tashkil qilindi.
Uchrashuvda Sirdaryo tumani Adliya bo‘limi bosh maslahatchisi Sodiqjon Xamroyev, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Markaziy apparati Yoshlarga oid qonunchilik tashabbuslari va huquqiy savodxonlik bo‘limi boshlig‘i Akmalbek Alimov, Yoshlar Ishlari agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘ o‘rinbosari Bekzod Almamatov, muassasa direktori O‘rozbek Usmonaliyev o‘z ma'ruzalari bilan ishtirok etishdi.
Yoshlarning huquqiy ong va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, siyosiy-huquqiy faolligini oshirishga qaratilgan mazkur tadbir keng qamrov kasb etdi.
Dastlab, o'quvchilar o’rtasida "Huquqiy viktorina" o’tkazildi. Unda faol qatnashgan ishtorokchi  Xurshid Abdalov yosh saylovchi sifatida tashkilotchilarning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Shundan so’ng, saylov qonuchiligi yuzasidan keng ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, tadbirda Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi mazmun-mohiyatiga alohida toʻxtalib oʻtildi. Shaxsiy huquq va erkinliklar, qonuniy migratsiyani amalga oshirish qoidalari tushuntirildi.

Aytish mumkinki, muloqot har jihatdan foydali boʻldi, eng muhimi, yoshlarning huquqiy, siyosiy bilimlari oshirildi. 


Sirdaryo vilotat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi