Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

Xovos tumanida maishiy zo‘ravonlikni va oilaviy ajrimlar oldini olish bo‘yicha ochiq muloqot o‘tkazildi


Maishiy zo'ravonlik insonning hayoti, sog'ligi, sha'ni va erkinligini tahqirlash oqibatida jamiyatni tanazzulga olib keluvchi illat sanaladi. U bir mamlakat yoxud mintaqaning emas, aksincha butun dunyo hamjamiyatining dolzarb muammosiga aylandi. Xalqaro statistik ma'lumotlar ushbu illatdan jabr ko'rayotganlar sonining ortib borayotganini ko'rsatmoqda.
O'zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'risida” hamda “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida”gi qonunlari bu borada amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlarning huquqiy asoslarini mustahkamladi. Aytish kerakki, bu bilan O'zbekiston ayollarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilishni qonunchilik bilan belgilagan kam sonli  davlatlar qatoridan joy oldi. Shu bilan birga, oilaviy ajrimlarni oldini olishga qaratilgan ishlar ham jadallashtirilmoqda.
Jumladan, Xovos tumanida ham maishiy zo‘ravonlik va oilaviy ajrimlar oldini olish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilib, joylarda profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bugun tuman hokimligi, tuman prokuraturasi va adliya bo'limi hamkorligida davra suhbati o'tkazildi.
Tadbirda tumandagi ajrim yoqasidagi oilalar, obro'li nuroniylar va imom xatiblar ishtirok etishdi. Ular tomonidan oila muqaddasligi, uni arzimas sabablar bilan buzilishi yaxshi oqibatlarga olib kelmasligi qonuniy va diniy tomonlama tushuntirib berildi.
Shuningdek, tadbirda so'zga chiqqanlar oilaviy-maishiy zo'ravonlikning mudhish oqibatlari, bu borada xalqaro miqyosda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, milliy qonunchiligimizning mazmun-mohiyati haqida batafsil to'xtalib o'tdilar.