Янгиликлар
17
8-Sirdaryo okrug saylov komissiyasi o‘z faoliyatini boshladi
Joriy yilning 24 oktyabrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi o‘tkazilishi munosabati bilan Sirdaryo viloyatida ham ushbu siyosiy jarayonni yuksak saviyada o‘tkazishga tayyorgarlik ishlari boshlab yuborildi.
Dastlab Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashining 24-sessiyasida deputatlar jamoatchilikning obro‘-e’tiborli vakillari orasidan 15 kishidan iborat okrug saylov komissiyasi tarkibini shakllantirib, tasdiqlash uchun Markaziy saylov komissiyasiga tavsiya etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 8-Sirdaryo okrug saylov komissiyasi Guliston shahar, O‘zbekiston shoh ko‘chasi 30-uyda, Tovar xom ashyo birjasi binosida o‘z faoliyatini boshladi.