Янгиликлар
03
Ŏzbekiston mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan "Yangi Ŏzbekiston yoshlari, birlashaylik!" shiori ostida "Yoshlar oyligi" doirasida "Vatan taqdiri mening taqdirimda" mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Guliston tumani Agrotexnologiyalar texnikumida tuman hokimligi, Ŏzbekiston Yoshlar ishlari agentligi tuman bŏlimi, tuman Adliya bŏlimi, tuman Xalq ta'limi bŏlimi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bŏlinmasi bilan hamkorlikda Ŏzbekiston mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan "Yangi Ŏzbekiston yoshlari, birlashaylik!" shiori ostida "Yoshlar oyligi" doirasida "Vatan taqdiri mening taqdirimda" mavzusida seminar-trening tashkil etildi. Unda tuman Adliya bŏlimi boshliĝi O.Bozorov, Ŏzbekiston Yoshlar ishlari agentligi tuman bŏlimi mutaxassisi Sh.Xasanov, tuman Agrotexnologiyalar texnikumi direktori ŏrinbosari D.Xamzayevlar tomonidan yoshlarga Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 28 apreldagi 250-sonli qaroriga muvofiq yoshlar uchun berilayotgan imkoniyatlar, shuningdek, "Mehnat huquqi", "Konstitutsiya va yoshlar" mavzularida yoshlarga keng ma'lumotlar berildi. Yoshlar ŏzlarini qiziqtirgan savollarga tŏlaligicha javob oldilar.