Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

HAYDOVCHI YPX XODIMLARI BILAN OʻZARO MUNOSABATINI VIDEOGA OLISHI MUMKINMI?


SAVOL: Assalom alaykum haydovchilar YPX xodimlari bilan oʻzaro munosabatini telefon orqali videoga olishi mumkinmi? Bu qonun bilan taqiqlanmaganmi?     

JAVOB: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-dekabrdagi
975-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yoʻl-patrul xizmati xodimlarining yoʻl harakati qatnashchilari bilan oʻzaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi toʻgʻrisidagi nizom” 18-bandi toʻrtinchi qismiga asosan:
Yoʻl harakati qatnashchilari yoʻl-patrul xizmati xodimlari bilan oʻzaro munosabatini oʻziga tegishli audio, foto va video qurilmaga qayd qilish (YPX xodimi tomonidan foto va video tasvirga olish taqiqlangan belgi mavjud hududlarda xizmat olib borish holatlari bundan mustasno) huquqiga ega.

 Yunusov Ilhomjon
Sardoba tuman adliya boʻlimi boshligʻi