Янгиликлар
Sirdaryo viloyati yuridik texnikumi o'quvchisi «Oltin fond» yoshlari safida
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev tomonidan 2020 yil 25 dekabr kuni mamlakatimiz yoshlari bilan bo'lib o'tgan Yoshlar forumida barcha hududlarda tuman va shaharlar kesimida iqtidorli, iste'dodli yoshlardan iborat "Oltin fond" shakllantirilishi to'g'risida ta'kidlangan edi. Hozir mana shu islohotlar amalda o'z ifodasini topmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Sirdaryo viloyati yuridik texnikumi o'quvchisi Noila Abdunabiyeva raqamli asrda III Renessans poydevorini qurishga shay yoshlardan biri sifatida "Sirdaryo iftixori - Oltin fond" ko'krak nishoni va guvohnomasiga sazovor bo'ldi.
Noilaning tinimsiz mehnatlari, ilmga chanqoqligi va yangilikka intilishdek ezgu sa'y-harakatlari samarasi ushbu mukofotga munosib topilishining muhim omili bo'lib xizmat qildi. U yurist bo'lishga intishish bilan bir qatorda, jamoat, she'riyat, tashkilotchilik, va huquqiy savodxonlik kabi turli targ‘ibot tadbirlarida o'zini tobladi. U yosh bolishiga qaramay e'tirofga arzigulik qator yutuqlarga erishdi. Xususan, "Muharrir nashriyoti" da "Sog'inch" nomli ilk kitobi nashrdan chiqdi. Noila xalqaro gazeta va jurnallar sahifalarida ham o'z maqolalari bilan tez-tez ko'rinib turadi. Viloyat televideniyesi va radiosi orqali ham chiqishlar qilib turadiki, bu tengdoshlariga har jihatdan ornak.
Noilaning yana bir yutuqlaridan biri shundaki, u huquqiy bilim va ko'nikmalari asosida 2020 yil "21-asrda Huquqiy axborot" nomli respublika onlayn konferentsiyasining 1-mavsum va 2-mavsumlariga bosh tashkilotchilik, yetakchilik qildi. Sirdaryo viloyati MilliyTDPning a'zosi bsifatida 10 dan oshiq tadbirlarda faol ishtirok etib, qimmatbaho sovg’a va diplomlar bilan taqdirlangan.Yoshlar ittifoqining faol a'zosi.
Noila Abdunabiyeva Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan tashkil etilgan Respublika loyihasiga aylangan “Street law”ning Sirdaryo viloyati koordinator yordamchisi etib tayinlangan. 2021 yilda Adliya vazirligi yuridik texnikumlarida tashkil etilgan "Eng iqtidorli o'quvchi" tanlovining viloyat bosqichida faxrli 1-o'rinni egalladi.
Sirdaryo iftixori - Noila Abdunabiyevani ushbu e'tirof bilan samimiy muborakbod etib, omad va muvaffaqiyatlar hamrohligini tilaymiz!
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi