Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

TALABALAR UCHUN HUQUQIY TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI


Sirdaryo viloyatida 2021-yil davomida yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Yangiyer shahar adliya bo‘limi tomonidan Guliston davlat universiteti talabalari uchun targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Pedagogika fakulteti 1-kurs talabalari ishtirokida o‘tkazilgan mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni mazmun-mohiyati tog‘risida so‘z bordi.
Shunigdek, uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyati va ahamiyati yuzasidan ham batafsil ma’lumotlar berildi.

Targ’ibot tadbiri keng qamrov kasb etib, ta’lim sohasidagi yangiliklar bo’yicha savol-javoblarga ulanib ketdi. Talabalarni qiziqtirgan barcha savollarga Yangiyer shahar adliya bo’limi bosh maslahatchisi To‘lqin Turdibekov tomonidan tegishli javoblar berildi.

Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi