Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
13.01.2025

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasining 2025-yil I va II choraklarga (I yarim yillikka) moʻljallangan ish rejasi

Tadbir nomi

Ijro muddati

Masʻul ijrochilar

Asos

Maqsad

(kutilayotgan natija)

Baho-

lash**

I. HUQUQIY AXBOROT SOHASIDA

1/23

     Aholi muammolarini joyiga chiqqan holda o‘rganish orqali, har bir fuqaroga individual yondashuvni joriy etishga qaratilgan “Bepul huquqiy maslahat bilan har bir uyga” shiori ostida aholiga huquqiy yordam berishga qaratilgan huquqiy aksiya o‘tkazish.

may

J.Komilov

T.Karimov

S.Xosilbekov

tuman (shahar) adliya bo‘limlari

“Bepul huquqiy maslahat bilan har bir uyga” shiori ostida aholiga huquqiy yordam berishga qaratilgan huquqiy aksiya o‘tkazish orqali muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rganib, har bir fuqaroga maksimal darajada individual yondashgan holda huquqiy maslahat berish orqali jamiyatda huquqiy madaniyatni oshirish zarur

Aholining huquqiy muammolarini maksimal darajada joylardagi mahallalarning o‘zida hal etish. Fuqarolarga huquqiy tushuntirish berish orqali targ‘ibotni amalga oshirish.

2.

15-may – Xalqaro oila kuni munosabati bilan davlat organlari va tashkilotlari xodimlari o‘rtasida “Huquqiy savodxon oila” tanlovini o‘tkazish hamda g‘oliblarni taqdirlash

may

D.Umurzoqova

G.Rasulova

      Oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhit sog‘lomligini ta’minlash, milliy qadriyatlarga hurmat ruhini oshirish va aholining huquqiy savodxonligini yanada yuksaltirish

3

“Huquqshunos maslahati” rukni ostida videokontentlar tayyorlash hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatish

fevral-iyun

D.Umurzoqova

tuman-(shahar) adliya bo‘limlari

“Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida aholining kundalik hayotida duch kelinayotgan huquqiy muammolar tahlil qilinadi hamda bartaraf etiladi aholining huquqiy savodxonligi oshiriladi

II. HUQUQNI QOʻLLASH AMALIYOTINI OʻRGANISH VA METODIK TAʼMINLASH, INSON HUQUQLARINI
HIMOYA QILISH, PREZIDENT HUJJATLARI IJROSINI NAZORAT QILISH SOHASIDA

4/16.

  Sirdaryo viloyat Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi va uning tizim tashkilotlari faoliyatida o‘rganish o‘tkazishni tashkil etish, bunda: huquqni qoʻllash amaliyoti; davlat boshqaruvi tizimining samaradorligi; qonunchilik hujjatlari (shu jumladan Prezident hujjatlari) va topshiriqlarning bajarilishi; inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi faoliyat yo‘nalishlari; ma’muriy tartib-taomillarga rioya etilishi va davlat xizmati koʻrsatish holati; tartibga solish ta’sirini baholash, korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish faoliyati; yuridik xizmat faoliyati; intellektual mulk sohasi; huquqiy targʻibotni amalga oshirilishini oʻrganish. Natijasi boʻyicha tegishli chora koʻrish hamda axborot-tahliliy ma’lumotnoma tayyorlash.

yanvar-fevral

J.Shamirzayev
A.Axrorov
U.Sayitmuradov
T.Karimov
J.Komilov
A.Eshkuziyev
S.Qo‘ziyev
tuman (shahar) adliya bo’limlari

Amaldagi malaka talablari, o‘quv reja va dasturlari mazmun jihatidan  bitiruvchilarda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilmagan, o‘quv rejalarida nomutaxassislik fanlari ulushi yuqoriligicha qolmoqda. Oliy ta’lim muassasalari va kadrlar buyurtmachilari bilan o‘zaro hamkorlikda kadrlar tayyorlash bo‘yicha ishlar samarali yo‘lga qo‘yilmagan, ish beruvchilarning oliy ta’lim mazmunini shakllantirishdagi ishtiroki еtarli emas. Shuningdek, ishlab chiqarish korxonalarida amaliy mashg‘ulotlar samarali tashkil etilmagan, tayyorlanayotgan mutaxassislar malakaviy darajasi mehnat bozorining zamonaviy talablariga еtarlicha javob bermaydi.

Talabalarning ishlab chiqarish, malakaviy va  boshqa turdagi amaliyotlarini mazmunli tashkil etish uchun uslubiy baza takomillashtiriladi hamda o‘quv rejalarida fanlar sonini nomutaxassislik fanlari hisobiga bosqichma-bosqich kamaytirish hamda tutashlikdagi fanlarni tanlov fanlari ro‘yxatiga kiritish.

5/19

Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarining huquqlari kafolatlarini oshirish maqsadida “huquqiy ko‘mak” aksiyasini tashkil etish.

Shuningdek, aksiya doirasida nogironligi  va kasalligi mavjud shaxslarga davolanishi uchun order  berish hamda aholining ehtiyojmand toifalarini tibbiy xizmatlardan foydalanishi holatlarini o‘rganish.

Aksiya natijasi boʻyicha vazirlikka axborot berish.

fevral-mart

T. Karimov,

J. Komilov

tuman (shahar) adliya boʻlimlari

Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamiga nisbatan qonunchilikda belgilangan imtiyozlar va kafolatlarning qo‘llanmasligi kabi va boshqa holatlari bo‘yicha murojaatlar kelib tushmoqda.

Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami huquqlarini himoya qilish yo‘nalishida “huquqiy ko‘mak” aksiyasini tashkil etish orqali ularning huquqlari kafolatlari ta’minlanadi.

Nogironligi yoki kasalligi mavjud shaxslarga davolanishi uchun order berish hamda aholi ehtiyojmand toifalarining tibbiy xizmatlardan foydalanishi, masalasida murojaatlar ortib bormoqda.

Shuningdek, order berish jarayoni uzoq vaqt olayotganligi sababli fuqarolarning haqli e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda. .

Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami huquqlarini himoya qilish yo‘nalishida qonunchilik hujjatlari ijrosi holati va amaliyoti tahlil qilinadi, muammosi mavjud shaxslarga amaliy ko‘mak ko‘rsatiladi hamda aniqlangan huquqiy muammo va kamchiliklari bartaraf etilib, sohani takomillashtirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqiladi.

6/21.

   Sirdaryo viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi va uning tizim tashkilotlari faoliyatida o‘rganish o‘tkazishni tashkil etish, bunda: huquqni qoʻllash amaliyoti; davlat boshqaruvi tizimining samaradorligi; qonunchilik hujjatlari (shu jumladan, Prezident hujjatlari) va topshiriqlarning bajarilishi; inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi faoliyat yo‘nalishlari; ma’muriy tartib-taomillarga rioya etilishi va davlat xizmati koʻrsatish holati; tartibga solish ta’sirini baholash, korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish faoliyati; yuridik xizmat faoliyati; intellektual mulk sohasi; huquqiy targʻibotni amalga oshirilishini oʻrganish. O‘rganish natijlari yuzasidan tegishli tartibda ma’lumotnoma tayyorlash hamda vazirlikka axborot kirtish.

mart-aprel

J.Shamirzayev
A.Axrorov
U.Sayitmuradov
T.Karimov
J.Komilov
A.Eshkuziyev
S.Qo‘ziyev
tuman (shahar) adliya bo’limlari

Boshqarma faoliyatida takrorlanuvchi vazifa va funksiyalar mavjudligi, shuningdek vazifa va funksiyalarning amalga oshirish jarayonida ortiqcha byurokratik to‘siqlar mavjudligi holatlari uchramoqda.

Boshqarma faoliyatida takrorlanuvchi vazifa va funksiyalarni qisqartirish, vazifa va funksiyalarning amalga oshirish jarayonida ortiqcha byurokratik to‘siqlarni qisqartirish.

7/25.

   Sirdaryo viloyat yoshlar ishlari boshqarmasi va uning tizim tashkilotlari faoliyatida o‘rganish o‘tkazishni tashkil etish, bunda: huquqni qoʻllash amaliyoti; davlat boshqaruvi tizimining samaradorligi; qonunchilik hujjatlari (shu jumladan, Prezident hujjatlari) va topshiriqlarning bajarilishi; inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi faoliyat yo‘nalishlari; ma’muriy tartib-taomillarga rioya etilishi va davlat xizmati koʻrsatish holati; tartibga solish ta’sirini baholash, korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish faoliyati; yuridik xizmat faoliyatini; intellektual mulk sohasi; huquqiy targʻibotni amalga oshirilishini oʻrganish. Natijasi boʻyicha tegishli choralar koʻrish hamda vazirlikka axborot-tahliliy ma’lumotnoma kiritish.

may-iyun

J.Shamirzayev
A.Axrorov
U.Sayitmuradov
T.Karimov
J.Komilov
A.Eshkuziyev
S.Qo‘ziyev
tuman (shahar) adliya bo’limlari

Boshqarma faoliyatida takrorlanuvchi vazifa va funksiyalar mavjudligi, shuningdek vazifa va funksiyalarning amalga oshirish jarayonida ortiqcha byurokratik to‘siqlar mavjudligi holatlari uchramoqda.

Boshqarma faoliyatida takrorlanuvchi vazifa va funksiyalarni qisqartirish, vazifa va funksiyalarning amalga oshirish jarayonida ortiqcha byurokratik to‘siqlarni qisqartirish.

8/27

     O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Sirdaryo viloyat Bojxona boshqarmasi va uning tizim tashkilotlari faoliyatida faoliyatida o‘rganish o‘tkazishni tashkil etish, bunda: huquqni qoʻllash amaliyoti; davlat boshqaruvi tizimining samaradorligi; qonunchilik hujjatlari (shu jumladan, Prezident hujjatlari) va topshiriqlarning bajarilishi; inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi faoliyat yo‘nalishlari; ma’muriy tartib-taomillarga rioya etilishi va davlat xizmati koʻrsatish holati; tartibga solish ta’sirini baholash, korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish faoliyati; yuridik xizmat faoliyatini; intellektual mulk sohasi; huquqiy targʻibotni amalga oshirilishini oʻrganish. Natijasi boʻyicha tegishli choralar koʻrish hamda vazirlikka axborot-tahliliy ma’lumotnoma kiritish.

iyun

J.Shamirzayev
A.Axrorov
U.Sayitmuradov
T.Karimov
J.Komilov
A.Eshkuziyev
S.Qo‘ziyev

Mazkur sohada vazirlik tomonidan oxirgi uch yillikda o‘rganish va monitoring o‘tkazilmagan. Bojxona ma’muriyatchiligi va bojxona imtiyozlarini qo‘llash bilan bog‘liq ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda.

Bojxona ma’muriyatchiligi takomillashtirish va bojxona imtiyozlarini qo‘llash bo‘yicha yagona huquqni qo‘llash amaliyotini yo‘lga qo‘yish.

9/28.

Xodimlarning mehnat huquqlari kafolatlarini ta’minlash maqsadida “Xodimlarning mehnat huquqi kafolati” nomli “huquqiy ko‘mak” aksiyasini tashkil etish.

Aksiya natijasi boʻyicha vazirlik rahbariyatiga axborot-tahliliy ma’lumotnoma kiritish .

iyun

T. Karimov,

J. Komilov

tuman (shahar) adliya boʻlimlari

Xodimlarning mehnat huquqlari kafolatlarini ta’minlanmayotganligi va boshqa kamchiliklar bo‘yicha murojaatlar kelib tushmoqda.

Shuningdek, xodimlarning mehnat huquqlari  kafolatlarini ta’minlash yo‘nalishida “huquqiy ko‘mak” aksiyasini tashkil etish orqali ularning huquqlari kafolatlari ta’minlanadi.

Xodimlarning mehnat huquqlari kafolatlarini ta’minlash yo‘nalishida qonunchilik hujjatlari ijrosi holati va amaliyoti tahlil qilinadi, muammosi mavjud shaxslarga amaliy ko’mak ko‘rsatiladi hamda aniqlangan huquqiy muammo va kamchiliklari bartaraf etilib, sohani takomillashtirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqiladi.

10/29

Respublikada suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish bilan bog‘liq topshiriqlar ijrosini tahlil qilish.

Natijasi boʻyicha tahliliy ma’lumotnoma kiritish.

iyun

A.Axrorov

“Ijro.gov.uz” tizimi orqali ayrim topshiriqlar ijrosi ta’minlanmaganligi, mablag‘ еtishmovchiligi hamda mas’ul ijrochilarning bu borada ishlarni to‘g‘ri tashkil etmaganligi aniqlandi. Shu bois, ushbu sohani tahlil qilish va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish zaruriyati mavjud.

Mazkur soha bo‘yicha hududlarda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tahliliy ma’lumotnoma va takliflar tayyorlanadi.

IV.  HUQUQIY XIZMAT, NODAVLAT NOTIJORAT TASHKILOTLAR SOHASIDA

11/31

 

“Notarius”avtomatlashtirilgan axborot tizimida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar asosida notariuslar tomonidan ko‘chmas mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yuzasidan talabnoma yuborish holatini kameral tekshirish orqali o‘rganish. Natijasi yuzasidan tahliliy ma’lumot tayyorlash va tegishli chora qo‘llash.

fevral

B.Sh.Narbayev

Notariuslar tomonidan “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali belgilangan tartibda notarial harakatga oid ma’lumotlarni vakolatli organga yuborilishi talablariga rioya qilinishi ahvolini tahlil qilish.

Notariuslar tomonidan notariat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi, shu jumladan, notariuslar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga, notarial harakatlar maxfiyligiga va notarius qasamyodiga rioya qilinish holatini o‘rganish.

12

Hududlar kesimida aholi soni va notariuslar tomonidan amalga oshirilgan notarial harakatlar soni tahlil qilinib, aholi soniga nisbatan amalga oshirilgan notarial harakatlar kam bo‘lgan hududlarga davlat notarial idoralarini tashkil etish bo‘yicha taklif kirtish.

iyun

B.Sh.Narbayev

Hududda mavjud notarius (lar)ning faoliyati tugatilganda (pensiya, sud tartibida, arizasiga koʻra va b.) yangi notariuslar qizigʻish bildirmaslik, kelmaslik xavfi mavjudligi

Hududda notarius (lar)ning faoliyati tugatilganda davlat notarial idorasi tashkil etilsa aholiga notarial xizmatlar uzluksiz ko‘rsatilishi ta’minlanadi

13/33

         O‘zbekiston nogironlar assotsiatsiyasi Sirdaryo vıloyat bo‘limi, “O‘zbekiston nogironlar” jamiyati vıloyat va tuman shahar bo‘limlari, “O‘zbekiston Karlar” jamiyati Sırdaryo vıloyat bo‘lımı va “O‘zbekiston Ko‘zi” ojizlar jamiyati vıloyat va tuman shahar bo‘limlari faoliyatini o‘rganish. O‘rganish natijasi yuzasidan sohadagi mavjud kamchiliklarni bartaraf erish hamda sohani rivojlantirsh yuzasidan taklif ishlab chiqish.

mart-iyun

Sh.Rasulov

Mazkur nodavlat notijorat tashkilotining faoliyati oxirgi 3 yilda o‘rganilmaganligi sababli ushbu tadbir ish rejaga kiritilmoqda.

Nodavlat notijorat

tashkilotlar faoliyatini

qonunchilik hujjatlariga

muvofiq amalga oshirilishi,

kelgusida qonunbuzilish

14.

    “Haqiqat“ xayriya tashkiloti faoliyatini o‘rganish.

    O‘rganish natijasi yuzasidan sohadagi mavjud kamchiliklarni bartaraf erish hamda sohani rivojlantirsh yuzasidan taklif ishlab chiqish.

iyun

Sh.Rasulov

Mazkur nodavlat notijorat tashkilotining faoliyati oxirgi 3 yilda o‘rganilmaganligi sababli ushbu tadbir ish rejaga kiritilmoqda.

Nodavlat notijorat

tashkilotlar faoliyatini

qonunchilik hujjatlariga

muvofiq amalga oshirilishi,

kelgusida qonunbuzilish

V. DAVLAT XIZMATLARI SOHASIDA

15.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi tomonidan 2024-yil va 2025-yilning oʻtgan davri mobaynida davlat xizmatlari sohasini tahlil qilish.

Natijasi boʻyicha tegishli taʻsir choralarini koʻrish.

yanvar-fevral

U.Sayitmuradov

Tahlil natijasiga koʻra,
2023-yil  davomida davlat xizmatlari koʻrsatilishi natijasida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi viloyat boshqarmasi tomonidan 114 ta qonun buzilish holatlariga yoʻl qoʻyganligi aniqlandi.

Mazkur davlat xizmatlarini belgilangan muddatlarda va sifatli koʻrsatilishini taʻminlash

16.

Dalolatnoma yozuvlarini qayd etish jarayonida FHDY organlari tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatoliklarni tuzatish haqida 2023-2024 yillarda chiqarilgan sud qarorlari asosida dalolatnoma yozuvlariga o‘zgartirish kiritish holatlarini tahlil qilish

aprel

B.Narbayev
G.Rasulova.

 Notarial harakatlarni amalga oshirish, nafaqa va pensiya tayinlanishi munosabati bilan turli hatoliklar aniqlanganligi, tegishli organlar tomonidan fuqarolarning murojaatlari rad etilayotganligi sababli FHDY organlariga asosan vafot etgan shaxsga nisbatan tuzilgan dalolatnoma yozuvlaridagi xatoliklarni tuzatish bo‘yicha murojaatlar kelib tushmoqda. Eng muammoli tomoni bu kabi murojaatlar sud tartibida ham hal qilinmasdan qolmoqda.

FHDY bo‘limlari tomonidan dalolatnoma yozuvlariga o‘zgartirish kiritishni rad etish xulosalari, sud organlariga murojaat qilish haqida berilgan tushuntirishlar hamda Dalolatnoma yozuvlarini qayd etish jarayonida FHDY organlari tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatoliklarni tuzatish haqida hal qiluv qarorlarini o‘rganish davomida mavjud muammolar tahlil qilinadi va qonunchilikka takliflar kiritiladi.

Fuqarolarning hal qilinmay kelinayotgan muammolarining bartaraf qilinishiga yordam beradi.

VI. INTELLEKTUAL MULK SOHASIDA

17/55

 Viloyat hududida joylashgan yirik savdo majmualarida realizatsiya qilinayotgan tovarlarning kontrafaktlik darajasini o‘rganish hamda ushbu hududlarni kontrafaktsiz hududga aylantirish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish.

aprel

A.Eshkuziyev

viloyatdadagi yirik savdo majmularida ayrim tovarlarning kontrafakt nusxalari uchramoqda. Shunga ko‘ra, yirik savdo obyektlarida profilaktik tadbirlar o‘tkazish orqali ularni “Kontrafaktsiz hudud”ga aylantirish bo‘yicha amaliy yordam beriladi.

Yirik savdo majmualarini kontfaktsiz hududga aylantirish

18/57

    Hunarmandchilik buyumlarining dizaynini intellektual mulk obyekti sifatida ro‘yxatga olish, baholash, sug‘urtalash, tashkilot balansida aks ettirish va uni sotish uchun qulay shartsharoitlar yaratish istiqbollarini o‘rganish, natijasi yuzasidan axborot-tahliliy ma’lumotnoma tayyorlash.

may

A.Eshkuziyev

Hunarmandlar tomonidan o‘z buyumlarini intellektual mulk sifatida muhofaza qilish sustligi hamda savdo nuqtalarida hunarmandchilik buyumlari faqat suvenir sifatida past baholarda sotilayotganligi aniqland

Ro‘yxatdan o‘tkazilgan hunarmandchilik buyumlari sonini oshirish va bunday buyumlarni qo‘shimcha qiymat bilan sotish imkoniyatini yaratish.

VII. ISHLARNI TASHKILLASHTIRISH, ADLIYA ORGANLARI VA MUASSASALARI FAOLIYATINI MUVOFIQLASHTIRISH

SOHASIDA

19/64

     Adliya organlari va muassasalari tomonidan o‘rnatilgan quyosh panellari ishlab chiqarayotgan elektr energiyasini doimiy (onlayn) ravishda monitoring qilish uchun elektron tizim o‘rnatish.

may

S. Xosilbekov

Adliya organlari va muassasalari tomonidan o‘rnatilgan quyosh panellaridan olinayotgan elektr energiyasi miqdorini nazoratini doimiy ravishda amalga oshirishda qiyinchiliklarni vujudga kelishi va ortiqcha vaqt talab qilinmoqda.

Quyosh panellaridan olinadigan elektr energiyasining doimiy monitoringni yo‘lga qo‘yish.

Izoh: Ish reja ijrosiga masʻul xodim boshqa ishga oʻtganda ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki zimmasiga ushbu vazifani bajarish yuklatilgan xodim tomonidan taʻminlanadi.

Tadbirlarni almashtirish, muddatini oʻzgartirish, ijrosi yakuniga еtgach nazoratdan chiqarish, tarkibiy boʻlinma rahbarining tegishli boshqarma boshligʻi oʻrinbosari roziligi bilan tayyorlangan bildirgisi asosida faqat boshqarma boshligʻining ruxsati bilan amalga oshiriladi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasining 2025-yil
I va II choraklarga (I yarim yillikka) moʻljallangan ish rejasiga ilova


Ish rejada belgilangan tadbirlarni baholash yoʻnalishlari va mezonlari jadvali

Yoʻnalish raqami

Baholanayotgan yoʻnalish nomi

Yoʻnalishning baholash mezonlari**

Mezonni belgilash uchun taqqoslanuvchi koʻrsatkichlar

Mezon boʻyicha maksimal bali

Yoʻnalish bali

1.

Adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya boʻlimlari faoliyatini tahlil qilish

Faoliyati baholanganligi

adliya organlari soni bilan baholangan adliya organlar soni

50

100

Tizimli tahlil amalga oshirilganligi

tahlil soni bilan tizimli amalga oshirilgan tahlil soni

25

Muddatga rioya qilish

rejalashtirilgan muddat bilan amalga oshirilgan muddat

25

2.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi, tahliliy maʻlumot va bosʻhqa takliflar

Taklifning asoslanganligi

loyihada nazarda tutilgan jami qismlar bilan loyihaning NHH va faktlar bilan asoslangan qismlari

25

100

Taklifda muammoni tizimli
va asl sabablarini bartaraf qilish nazarda tutilganligi

Loyiha soni bilan loyihada  tizimli va asl sabablarini bartaraf qilish nazarda tutilganligi

25

Taklif boʻyicha asoslantirishda taklif amaliyotga kiritilgandan soʻng kutilayotgan ijobiy natija aks etganligi

Loyiha soni bilan loyihada kutilayotgan ijobiy natija (foiz, miqdor va bosʻhqalarda) nazarda tutilganligi

25

Muddatga rioya qilish

rejalashtirilgan muddat bilan amalga oshirilgan muddat

25

3.

Davlat organlari
va tashkilotlari faoliyatini nazorat qilisʻh (tekshirish, oʻrganish, monitoring va boshqalar) natijasida taʻsir choralar koʻrish

Oʻrganish qamrovi

savolnomadagi band soni bilan ularning har bir boʻyicha asoslar soni

20

100

Qonunbuzilishning asoslanganligi

qonun buzilishlar soni bilan NHH va faktlarga asoslangan qonunbuzilishlar soni

20

Qonunbuzilishni bartaraf qilinganligi

bartaraf qilinishi lozim boʻlgan qonunbuzilishlar soni bilan ularning bartaraf qilinganlari soni

20

Javobgarlik choralari qoʻllanilisʻhi

Javobgarlik tortilishi lozim boʻlgan shaxslar soni bilan javobgarlikka tortilgan shaxslar soni

20

Muddatga rioya qilish

rejalashtirilgan muddat bilan amalga oshirilgan muddat

20

4.

Koʻrsatkichlar va vazifalar bajarilganligi

Koʻrsatkichlar-vazifalar bajarilganligi

Normativ va ichki hujjatlar hamda rejadagi koʻrsatkichlar bilan bajarilgan koʻrsatkichlar miqdori

75

100

Muddatga rioya qilish

rejalashtirilgan muddat bilan amalga oshirilgan muddat

25

Izoh: 

* Ish rejada nazarda tutilgan tadbirlar Adliya bosʻhqarmasining mavjud bino, moliyaviy mablagʻlari va moddiy-teknik vositalari doirasida amalga osʻhiriladi. Alohida resurslar talab qilinmaydi.

** Mezon balini aniqlash ikkinchi koʻrsatkichni (amalga oshirilgan isʻhlar boʻyicha koʻrsatkich miqdorini) mezon boʻyicha maksimal ballga koʻpaytirish, mazkur natijani birinchi koʻrsatkichga boʻlish orqali amalga osʻhiriladi. Bunda, agar ikkinchi koʻrsatkich birinchi koʻrsatkichdan katta boʻlsa, ikkinchi koʻrsatkich miqdori birinchi koʻrsatkichga teng qilib olinadi.

Рўйҳатга қайтиш