Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
29.09.2025

Sirdaryoda qonunchilik hujjatlarining ijrosini samarali tashkil etish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar

Sirdaryoda qonunchilik hujjatlarining ijrosini samarali tashkil etish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi va PF-6166-son Farmoni, 2021-yil 31-maydagi “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʻminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5132-son qarori hamda 2025-yil 25-iyuldagi “Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-117-son Farmonida belgilangan topshiriqlar asosida Sirdaryo viloyati hokimligida “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo elektron tizimi orqali Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari hamda majlis bayonlarida berilgan topshiriqlari oʻz vaqtida ijroga qaratilib, sifatli bajarilishi qatʻiy nazoratga olingan.


Haftaning har dushanba kuni Sirdaryo viloyati hokimi rahbarligida, haftaning chorshanba va juma kunlari hokimning birinchi oʻrinbosari huzurida ijro intizomi holati tanqidiy muhokama qilib kelinmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari ijrosi kunbay, soatbay

qatʻiy nazorat qilinmoqda.

“Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo elektron tizimi kiritilgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlari Adliya vazirligi, Vazirlar Mahkamasi hamda Hisob palatasi tomonidan ekspertizadan oʻtkazilganidan soʻng nazoratdan yechilishi belgilanganligini inobatga olgan holda, viloyat hokimligi apparatida ushbu topshiriqlar belgilangan muddatlarda va puxta bajaralishini taʻminlash maqsadida oldindan ogohlantirish tizimi yoʻlga qoʻyilgan.
         Yaʻni har hafta 2 marotaba kelgusi oyning yakuniga qadar ijro muddati keladigan topshiriqlar roʻyxati eslatma sifatida hokim oʻrinbosarlari, maslahatchilari, boʻlinma rahbarlariga hamda tuman va shahar hokimliklariga yetkazilmoqda.
          Hokimlik apparatida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlari ijrosi haqidagi maʻlumotlarni ijro muddati yakunlanishini kutmasdan elektron dasturga oldindan kiritib borish masalasiga alohida eʻtibor berilmoqda.
          Viloyat hokimligi apparati masʻul xodimlari tomonidan har oyda bitta tuman va shaharda hamda viloyat boshqarma, korxona va tashkilotlarida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlari ijrosi maqsadli oʻrganilmoqda.          

Jumladan, joriy yilning iyun oyida viloyat Davlat aktivlarini boshqarish agentligining viloyat hududiy boshqarmasida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlari ijrosi holati oʻrganilib, topshiriqlar ijrosini tashkil etishda amaliy yordam koʻrsatildi.  

2025-yilning 9 oyi davomida viloyat hokimligi apparatida ijro intizomining holati 64 marotaba muhokama qilingan. 

2023-yil 21-noyabr kuni Prezidentimiz rahbarliklarida kengaytirilgan tarzda oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha berilgan topshiriqlardan kelib chiqib, har bir topshiriqqa “temir intizom” bilan jiddiy yondoshib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti 
va Hukumatning topshiriqlarini oʻz vaqtida, samarali hamda toʻliq bajarishda viloyat hokimining oʻrinbosarlari, viloyat korxona tashkilotlar rahbarlari, tuman va shaharlar hokimlarining roli hamda shaxsiy javobgarligini oshirish choralari koʻrilib, sustkashlikka yoʻl qoʻygan masʻul rahbarlarga nisbatan intizomiy jazo choralari koʻrib borilmoqda.

“Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimida 2025-yilning oʻtgan davri davomida viloyatga daxldor 1454 ta topshiriq kelib tushgan boʻlib (2024-yilga nisbatan 627 taga yoki 40 % ga oshgan), ushbu topshiriqlarning 964 tasida viloyat hokimligi asosiy ijrochi hamda 1432 tasida ham ijrochi sifatida belgilangan.

Ushbu topshiriqlarning 1407 tasi (99,8%)ning ijrosi taʻminlanib nazoratdan yechilgan. Qolgan 4 ta topshiriqda viloyat hokimligi hamijrochi sifatida belgilangan boʻlib, bugungi kunda ushbu topshiriqlarning ijrosini taʻminlash choralari koʻrilmoqda. 

Joriy yilning iyul oyida “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimida Prezidentimizning viloyat hokimligiga daxldor 
146 ta topshiriqlari kelib tushgan boʻlib, barchasining ijrosi taʻminlandi. 


Рўйҳатга қайтиш