Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yuridik xizmat xodimlarini attestasiyadan o‘tkazishda beriladigan savollar ro‘yxati

Yuridik xizmat xodimlarini attestasiyadan o‘tkazishda beriladigan savollar ro‘yxati

I. Kasb faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan qonunchilik sohasi bo‘yicha
1. Yuridik xizmat xodimining vazifa va funksiyalari nimalardan iborat?
2. Nizolarni sudgacha hal qilish tartibi deganda nimani tushunasiz?
3. Yuridik xizmat xodimining ish joyini moddiy-texnika jihatidan jihozlashga doir minimal talablar deganda nimani tushunasiz?
4. Yuridik xizmat xodimlariga martaba darajalari berish tartibi.
5. Murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi hamda muddatlari.
6. Normativ-huquqiy hujjat tushunchasi, turlari, o‘zaro nisbati hamda kuchga kirishi haqida gapirib bering.
7. Normativ-huquqiy hujjatga rasmiy sharhni kimlar qanday holatlarda beradi?
8. “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining asosiy mazmunini aytib bering.
9.Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazilishi tartibini tushuntirib bering.
10. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari yoki idoralar tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga nisbatan huquqiy vorislik deganda nimani tushunasiz?
11. Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish deganda nimani tushunasiz.
12. Huquqiy ekspertiza nima?
13. Qonun hujjatlari loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritish tartibi.
14. Qaysi organlar yoki mansabdor shaxslar normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqiga ega?
15. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish tartibi.
16. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish tartibi.
17. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari haqida nimalarni bilasiz?
18. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritishga mo‘ljallanayotgan qonunlar loyihalarini tayyorlash deganda nimani tushunasiz?
19. Tuman (shahar) darajasidagi davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat koʻrsatish uchun tashkil etilgan Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari haqida nimalarni bilasiz?
20. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlashda ishlab chiquvchi nimalarni o‘rganishi va nimalarga e’tibor qaratishi zarur?
21. Yer uchastkasi olib qo‘yilishi munosabati bilan kompensatsiya berish tartibi.
22. Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazuvchi subyektlarni sanab bering?
23. Gender-huquqiy ekspertiza deganda nimani tushunasiz?
24. “E-qaror” elektron tizimi haqida nimalarni bilasiz?
25. Normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini tashkil etish tartibi.
26. Hokimlar vakolatlari nimalardan iborat.
27. Yuridik xizmat xodimi tomonidan qanday murojaatlar koʻrib chiqiladi?
28. Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari haqida gapirib bering.
29. Normativ-huquqiy hujjatlarni rasmiy e’lon qilish tartibi.
30. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar tartibga solish ta’sirini baholash tartibini tushuntiring.

II. Konstitusiyaviy huquq sohasi bo‘yicha
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining asosiy prinsiplari nimalardan iborat?
2. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida fuqarolarning qanday siyosiy huquqlari belgilangan?
3. O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosati qanday qoida
va normalarga asoslangan?
4. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida fuqarolarning qanday shaxsiy huquq va erkinliklari belgilangan?
5. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida fuqarolarning qanday iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik huquqlari belgilangan?
6. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida belgilangan inson hamda fuqaroning huquq va erkinliklarining kafolatlari qanday?
7. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga muvofiq fuqarolarning burchlari nimalardan iborat?
8. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga muvofiq jamiyatning iqtisodiy negizlari nimalardan iborat?
9. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi qanday?
10. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining shakllantirish tartibi.
11. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga muvofiq Oliy Majlis Qonunchilik palatasining mutloq vakolatlariga nimalar kiradi?
12. Qonunlarni qabul qilish va kuchga kirish tartibi.
13. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga qo‘yiladigan talablarni va saylash tartibini aytib bering.
14. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining huquqiy maqomi va hukumat a’zolarini shakllantirish tartibi.
15. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga muvofiq Bosh vazirga ishonchsizlik votumini bildirish asosi va tartibi qanday?
16. Xalq deputatlari Kengashlarining hamda hokimlarning vakolatlari nimalardan iborat?
17. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga muvofiq hokimlarning vakolat muddati hamda tayinlanish tartibi.
18. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga o‘zgartirishlar
va qo‘shimchalar qanday tartibda kiritiladi?
19. Kimlar qonunchilik tashabbusi huquqiga ega?
20. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi konstitusiyaviy normalar doirasida va qonunchilikka muvofiq qanday hujjatlar qabul qiladi hamda o‘z faoliyati oldida kimga javobgar?
21. O‘zbekiston Respublikasida saylov tizimi haqida aytib bering.
22. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga muvofiq moliya, pul va bank tizimi haqida gapirib bering.
23. O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashini tashkil etish va uning faoliyati haqida gapirib bering?
24. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga muvofiq davlat hokimiyatining bo‘linish prinsipi haqida gapirib bering.
25. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga muvofiq sud tizimi haqida gapirib bering.
26. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy sudi vazifalari.
27. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi qanday ishlarni amalga oshiradi?
28. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari va advokatura qanday vazifalarni amalga oshiradi?
29. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga muvofiq Markaziy saylov komissiyasini shakllantirish tartibi.
30. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga muvofiq fuqarolik jamiyati institutlari haqida gapirib bering.
III. Fuqarolik va mehnat qonunchiligi asoslari bo‘yicha
Fuqarolik qonunchiligi
1. Fuqarolik qonun hujjatlari nimalarga asoslanadi, ular bilan qanday munosabatlar tartibga solinadi? Fuqarolik qonun hujjatlarining vaqt bo‘yicha amal qilishi deganda nimani tushunasiz?
2. Qaysi hollarda fuqarolik-huquqiy munosabatlarni tartibga solishda analogiya (o‘xshashlik) qo‘llaniladi?
3. Ashyoviy huquq nima? Unga nimalar kiradi?
4. Zararni qoplash deganda nimani tushunasiz? Davlat organlari
va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan yetkaziladigan zarar kim tomonidan to‘lanadi?
5. Fuqaroning huquq va muomala layoqati. Uning vujudga kelishi. Fuqaroni muomalaga layoqatsiz deb topishga asos bo‘ladigan holatlar.
6. Yuridik shaxs tushunchasi va turlari. Yuridik shaxsning huquq layoqati.
7. Davlatning fuqarolik-huquqiy munosabatlar ishtirokchisi sifatidagi roli. Davlat va yuridik shaxslar javobgarligining farqi.
8. Bitimlar tushunchasiga ta’rif bering. Bitimlarning qanday turlari mavjud? Shartnoma va bitimning o‘zaro farqi nimada?
9. Emansipatsiya nima? O‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar tomonidan bitimlarni tuzish shartlari.
10. Ishonchnoma tushunchasi va uning shakli. Qanday ishonchnomalar notarial tasdiqlangan ishonchnomalarga tenglashtirilgan hisoblanadi?
11. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga asosan muddatlar belgilash, vaqt davri bilan belgilangan muddatning boshlanishi va tugashi.
12. Majburiyat tushunchasi. Majburiyatni bajarish muddati. Majburiyatning bajarilishi qanday usullar bilan ta’minlanishi mumkin?
13. Vindikatsiya deganda nimani tushunasiz? Mol-mulkni insofli egallovchidan talab qilib olish tartibi.
14. Intellektual mulk obyektlari va ularni huquqiy muhofaza qilish. Ularga nisbatan mutloq huquqlarini himoya qilish qanday usullarda amalga oshiriladi?
15. Maʼnaviy zararni qoplash tartibi va shartlari nimalardan iborat?
Mehnat qonunchiligi
16. Mehnatga oid qonun hujjatlari nimalarga asoslanadi, ular bilan qanday munosabatlar tartibga solinadi? Mehnat kodeksining vaqt bo‘yicha amal qilishi deganda nimani tushunasiz?
17. Masofadan turib ishlashning aralash rejimi deganda nima tushunasiz?
18. Mehnat kodeksiga ko‘ra nogironligi bo‘lgan shaxslarning mehnat huquqlari.
19. Mehnat shartnomasi tushunchasi hamda taraflari. Mehnat shartnomasi qanday shaklda va qanday muddatga tuziladi?
20. Yakka tartibdagi mehnat nizolarini ko‘rib chiqish tartibi.
21. Ishga qabul qilishda dastlabki sinov muddatlari tushunchasi va dastlabki sinov muddatlari kimlarga tatbiq etilmaydi?
22. Qanday hollarda xodimning roziligidan qat’i nazar, ish haqidan ushlab qolishga yo‘l qo‘yiladi?
23. Qaysi sabablar (asoslar) mavjud bo‘lganda mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish asosli hisoblanadi?
24. Mehnat shartlari deganda nima tushuniladi, qaysi hollarda ish beruvchi mehnat shartlarini xodimning roziligisiz o‘zgartirishga haqli?
25. Qaysi hollarda mehnat shartnomasi ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilinganida kasaba uyushmalarining roziligi olinmaydi?
26. Mehnat qonunchiligi bo‘yicha ayollarga berilgan imtiyozlar.
27. Intizomiy jazo choralarining turlari va qo‘llanish tartibi haqida aytib bering?
28. Xizmat tekshiruvi o‘tkazish tartibini tushuntirib bering.
29. Mehnat vazifalarini muntazam ravishda buzish deganda nima tushuniladi?
30. Xodimni ishdan chetlashtirish tartibini tushuntirib bering.

IV. Shartnomaviy-huquqiy faoliyat sohasi bo‘yicha
1. Majburiyatni ta’minlash usullari.
2. Neustoyka tushunchasi va shakllari.
3. Garov tushunchasi va turlari.
4. Shartnomani o‘zgartirish va bekor qilish asoslari, tartibi va uning oqibatlari?
5. Shartnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish tartibi.
6. Energiya ta’minoti shartnomasi deganda nimani tushunasiz?
7. Xo‘jalik shartnomasining taraflari. Ularning huquq va majburiyatlari.
8. Xo‘jalik shartnomasini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish.
9. Kreditor huquqlarining boshqa shaxsga o‘tishi asoslari va tartibi.
10. Subsidiar javobgarlik nima?
11. Mahsulot yetkazib berish shartnomasi va uning amal qilish muddati.
12. Talabnoma bildirish, ko‘rib chiqish tartibi hamda muddatlari.
13. Davlat xaridlari boʻyicha xarid qilish tartib-taomillarini turlarini sanab bering.
14. Tovarlar (ishlar, xizmatlar) haqini to‘lamaganlik yoki o‘z vaqtida to‘lamaganlik uchun javobgarlik.
15. Davlat xaridlari doirasida eng yaxshi takliflarni tanlash bilan tender oʻrtasidagi oʻzaro farqni aytib bering.
16. Olti-sotdi shartnomasi.
17. Ko‘chmas mulkni sotish shartnomasi va uning shakli.
18. Davlat xaridlari doirasida elektron doʻkon orqali qanday tovarlarni xarid qilishga yoʻl qoʻyiladi.
19. Mulk ijarasi shartnomasi va uning ob’yektlari tushunchasi.
20. Bino yoki inshootni ijaraga berish shartnomasi tushunchasi.
21. To‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha davlat xaridlarini amalga oshirish deganda nimani tushunasiz?
22. Lizing shartnomasi, uning obyekti va subyektlari.
23. Qurilish pudrati shartnomasi nima?
24. Kredit shartnomasi va uning shakllari.
25. Davlat xaridlari jarayoni qanday bosqichlarni o‘z ichiga oladi.
26. Zakalat shartnomasi taraflari kimlar bo‘lishi kerak?
27. Ayirboshlash shartnomasi nima?
28. Hadya shartnomasi nima?
29. Ipoteka shartnomasining mazmun-mohiyatini tushuntirib bering.
30. Xo‘jalik shartnomasiga nisbatan qo‘yiladigan talablar?

V. Sud ishlarini yuritish asoslari bo‘yicha
1. Fuqarolik sudiga murojaat qilishning shakllari.
2. Fuqarolik sudlarida sudyani rad qilish asoslari.
3. Fuqarolik sudlariga taalluqli ishlar.
4. Da’vogarning tanlovi bo‘yicha sudlarga tegishlilik deganda nimani tushunasiz?
5. Shartnoma bo‘yicha vakillik nima?
6. Fuqarolik ishlarini ko‘rishda da’voning bahosi nimalarga asosan belgilanadi?
7. Fuqarolik prosesida vakilning vakolatlarini rasmiylashtirish tartibi.
8. Fuqaroviy da’vogarning hamda fuqaroviy javobgarning huquq
va majburiyatlari nimalardan iborat?
9. Fuqarolik prosessual muddatlarning o‘tkazib yuborilishi qanday huquqiy oqibatlar keltirib chiqaradi?
10. Qaysi hollarda fuqarolik sudi ish yuritishni to‘xtatib turishi shart?
11. Fuqarolik prosessida arizani ko‘rmasdan qoldirish asoslari.
12. Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudda ish yuritishni tugatish asoslari va tartibi.
13. Qaysi hollarda fuqarolik ishlari bo‘yicha sud arizani qabul qilishni rad etadi?
14. Iqtisodiy sudlarga murojaat qilish tartibi.
15. Qanday ishlar iqtisodiy sudlarga taalluqli?
16. Iqtisodiy sud tomonidan hal etiladigan nizolar.
17. Jinoyat ishlarida fuqaroviy da’vogar deganda nimani tushunasiz?
18. Iqtisodiy sud da’vo arizasini qabul qilishni qaysi hollarda rad etadi?
19. Iqtisodiy sud apellatsiya instansiyasining vakolatlari hamda uning qarorlarini qonuniy kuchga kirishi.
20. Iqtisodiy sudga kassatsiya shikoyatini (protestini) berish tartibi va uning mazmuni.
21. Ma’muriy sud ishlarini yuritish ishtirokchilari kimlar? Ma’muriy protsessual huquq layoqati hamda muomala layoqatining farqi.
22. Qaysi hollarda xodimlarning xatti-harakati ustidan o‘zlashtirish va rastrata bo‘yicha jinoyat ishi yuritiladi?
23. Jinoyat ishlari qabul qilgan qarorlarni tekshirish tartibi.
24. Qaysi hollar ma’muriy sud ishini to‘xtatib turishga asos bo‘ladi?
25. Apellatsiya hamda kassasiyaning o‘zaro farqi nimada?
26. Hakamlik sudlari qanday ishlarni ko‘rib chiqadi?
27. Korporativ ishlarni iqtisodiy sudlarda ko‘rib chiqish tartibi.
28. Da’voni ta’minlash choralari haqida tushuncha bering.
29. Fuqarolik prosessida isbotlash materiallari turlari.
30. Sud tomonidan alohida ish yuritish tartibida ko‘rib chiqiladigan ishlar deganda nimani tushunasiz?

Рўйҳатга қайтиш