Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Adliya organlari tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini o‘rganish jarayonlarida aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan MA’LUMOT

Adliya organlari tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlari

faoliyatini o‘rganish jarayonlarida aniqlangan

qonunbuzilish holatlari yuzasidan

MA’LUMOT

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi
PQ–3666-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi to‘g‘risidagi nizomning 12-bandida nodavlat notijorat,
shu jumladan diniy tashkilotlar tomonidan qonunchilik hujjatlari, ustav faoliyati va ta’sis hujjatlari buzilishining oldini olish va bartaraf qilishga qaratilgan choralar ko‘radi.

Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini monitoring qilish
va o‘rganish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-avgustdagi 635-son qarori bilan tasdiqlangan Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini adliya organlari tomonidan monitoring qilish
va o‘rganish tartibi to‘g‘risidagi nizom bilan tartibga solinadi.

Adliya organlari tomonidan o‘tkazilayotgan o‘rganish
va monitoringlar davomida aniqlangan qonunbuzilish holatlari quyidagilarda namoyon bo‘lmoqda:

Birinchidan, nodavlat notijorat tashkilotlarining o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan tadbirlari haqida ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ belgilangan muddatlarda xabardor qilinmagan.

Ikkinchidan, nodavlat notijorat tashkiloti vakillarining chet mamlakatlarga nodavlat notijorat tashkilotining faoliyati bilan bog‘liq tashriflari uyushtirilishi haqida ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ xabardor qilinmagan.

Uchinchidan, nodavlat notijorat tashkilotlariga chet davlatlardan, xalqaro va chet el tashkilotlaridan, chet davlatlarning fuqarolaridan yoki ularning topshirig‘iga binoan boshqa shaxslardan pul mablag‘lari va mol-mulk ajratilganda, ularni olishni kelishish uchun ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga ma’lumot taqdim etilmagan.

To‘rtinchidan, nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan mehnat qonunchiligi talablarini doimiy ravishda buzilish holatlari o‘rganish
va monitoringlarda doimiy ravishda ko‘zga tashlanmoqda. Xususan, tashkilot rahbari bilan xodimdar o‘rtasida xodimni ishga qabul qilish yuzasidan buyruq qabul qilinmagan, mehnat ta’tili o‘z vaqtida berib borilmagan, shtatlar jadvali tasdiqlanmagan, ichki mehnat tartib qoidalari, xodimlarning vazifalar taqsimoti ishlab chiqilmagan.

Beshinchidan, nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan litsenziya talab etiladigan faoliyati sohasi yuzasidan litsenziya olmasdan faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Oltinchidan, nodavlat notijorat tashkiloti rahbar organning yangi tarkibi saylanganda yoki rahbar organ tarkibida o‘zgarishlar bo‘lganda rahbar organlar qarorlarining nusxasi bir oy mobaynida tegishli adliya organiga taqdim etilmagan.

Yettinchidan, pochta manzili, bank rekvizitlari o‘zgarganligi yuzasidan ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organni xabardor qilmagan.

Sakkizinchidan, nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan tovar-moddiy zaxiralari inventarizatsiya qilinmagan.

To‘qqizinchidan, nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan ustav (nizom) talablari asosida rahbar organi yig‘ilishlari o‘tkazib borilmagan, rahbar organlari tarkibi shakllantirilmagan, rahbar organi a’zolarini saylash tartibiga amal qilinmagan, nazorat-taftish komissiyalari faoliyati ustav (nizom) talablari asosida tashkillashtirilmagan.

Ta’kidlash joizki, bu kabi qonunbuzilish holatlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan javobgarlikni keltirib chiqaradi.

Shunga ko‘ra, nodavlat notijorat tashkilotlariga qonunchilik hujjatlari va ta’sis hujjatlarida belgilangan ‎talablarga qat’iy rioya etishlari talab etiladi.


Рўйҳатга қайтиш